1

Saudiya Arabistonida O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkaziladi

Madaniyat 21.11.2023, 08:22
Saudiya Arabistonida O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkaziladi

Mamlakatimizning Ar-Riyozdagi elchixonasi ko`magida O`zbekiston Madaniyat vazirligi va Saudiya Arabistoni Madaniyat vazirligi mutasaddilari o`rtasida video konferensiya aloqasi vositasidagi muloqot tashkil etildi.

Ushbu onlayn uchrashuv chog`ida Saudiya Arabistonida   O`zbekiston madaniyati kunlarini o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Podshohlik Madaniyat vazirining maslahatchisi doktor Xolid al-Rashud O`zbekistonning boy tarixi va yuksak madaniy merosi bilan Saudiya jamoatchiligini yaqindan tanishtirish uchun mazkur tadbirni tez kunlarda o`tkazishdan o`z mamlakati manfaatdor ekanligini ma`lum qildi.

U ikki xalq o`rtasidagi ko`p asrlik ma`naviy-madaniy aloqalar haqida to`xtalar ekan, bugungi kunga kelib O`zbekiston - Saudiya madaniy munosabatlari yangicha o`suvchanlik bilan rivojlanayotganini ta`kidladi. Shu o`rinda O`zbekiston Prezidenti 2022 yili Saudiya Arabistoniga buyurgan davlat tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi madaniy hamkorlikka yangicha mazmun bag`ishlagani alohida qayd etildi.

O`zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug`bek Maqsudov bunday tadbirlar "xalq diplomatiyasi"ning muhim qismi ekanligi haqida to`xtalar ekan, Podshohlikda O`zbekiston madaniyati kunlarining o`tkazilishi saudiyaliklarni O`zbekistonning ko`p qirrali madaniyati bilan yaqindan tanishishlari uchun juda yaxshi imkoniyat yaratishini aytdi.

Onlayn muloqot chog`ida bo`lajak madaniy tadbirni o`tkazishning tashkiliy jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1