AsosiyJinoyat
3983

Marg`ilonda haydovchilik guvohnomasi pul evaziga olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga tushdi

'Marg`ilonda haydovchilik guvohnomasi pul evaziga olib berishni va`da qilgan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro M.S. 4 nafar fuqaroga  tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga fuqaro M.Yu.dan 3 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar