1

Amerikaliklar AQSh prezidentligiga nomzodlarning janjalli saylovoldi kampaniyasidan charchadi

Dunyo 03.11.2016, 10:18
Amerikaliklar AQSh prezidentligiga nomzodlarning janjalli saylovoldi kampaniyasidan charchadi

Shvesariyalik jurnalistlar AQSh prezidentligiga nomzodlarning tajovuzkorona va janjalli saylovoldi kampaniyasi Amerika jamoatchiligi ruhiyatiga qattiq ta`sir qildi, deb xulosa qildi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Saylovga bir hafta qolganda, Amerika fuqarolarining har uchtadan bittasi kelajakdan tashvishga tushib, depressiyaga tushib qolgan. Bunga nomzodlarning “taqiqlangan usul”lardan foydalangani, hukumatning ularni qo`llab-quvvatlayotgani sabab bo`lmoqda. Bu erda FQB rahbarini ayblash noto`g`ri, chunki u Xillari Klintonga tegishli barcha maxfiy ma`lumotlarni xalqqa oshkor qilganda, saylovoldi kampaniyasi muddatidan ilgari tugatilgan bo`lardi.

Navbatdagi janjal tufayli Xillari Klintonning reytingi tushib ketdi, Tramp esa ramziy ma`noda bo`lsa ham xalq orasida o`tkazilgan so`rovnomada 1% yuqori ko`rsatkichga erishdi va saylov uchastkasida bo`lgan demokratlarni yana bir bora o`ylab ko`rib, qayta ovoz berishga chaqirdi. AQShning ba`zi bir shtatlarida qayta ovoz berish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1