AsosiySport

Qo`l jangi bo`yicha "Jahon kubogi"da O`zbekiston milliy terma jamoasi g`olib bo`ldi

'Qo`l jangi bo`yicha "Jahon kubogi"da O`zbekiston milliy terma jamoasi g`olib bo`ldi'ning rasmi

Milliy gvardiya Qo`riqlash bosh boshqarmasi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, Minsk shahrida o`tkazilgan Qo`l jangi bo`yicha "Jahon kubogi" final bahslarida Milliy terma jamoa birinchi o`rinni egallagan.

Ta`kidlanishicha, ushbu Xalqaro musobaqada dunyoning 30 ta mamlakatidan 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etgan.

Yakuniy natijalarga ko`ra, 7 ta oltin, 4 ta kumush va 12 bronza medalini qo`lga kiritgan sportchilar umumjamoa hisobida Milliy terma jamoani shohsupaning birinchi pog`onasiga olib chiqqan. Ikkinchi o`rin Rossiya Federasiyasi jamoasiga, uchinchi o`rin esa Janubiy Osetiya sportchilaridan tashkil topgan jamoaga nasib etdi.

Ma`lumot o`rnida, qo`l jangi bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasining "Jahon kubogi" final bahslaridagi ishtiroki 2011 yilda AQSh da bo`lib o`tgan musobaqada g`alaba bilan boshlanib, umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egallagan edi. Shundan so`ng 2019 yilda Germaniya, 2020 yilda Belorussiya va 2021 yilda Rossiya Federasiyasida o`tkazilgan final janglarida 2 o`rinni, 2013 yilda AQSh da bo`lib o`tgan musobaqada esa 3 o`rinni egallagan.

    Boshqa yangiliklar