1

Dublinda jazoirlik ekani aytilgan erkak bolalarga hujum qildi (video)

Salomatlik 24.11.2023, 10:27
Dublinda jazoirlik ekani aytilgan erkak bolalarga hujum qildi (video)

23 noyabr, payshanba kuni kechqurun Dublinning bir qancha hududlarida tartibsizliklar boshlandi. Ko`chaga chiqqanlar muhojirlarga qarshi shiorlar aytdi. Tartibni tiklash uchun polisiya qo`shimcha kuchlarni talab qildi.

Tartibsizliklarga bolalar bog`chasi yaqinidagi hujum sabab bo`lgan.

Internetda hujumchi asli Jazoirdan ekanligi haqida ma`lumotlar tarqalmoqda, biroq buning rasmiy tasdig`i yo`q. Polisiya jinoyatchining millati haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Hujum kunning ikkinchi yarmida Parnell-skver-Istdagi bolalar bog`chasi yaqinida sodir bo`lgan. Jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs uch bola va ularni himoya qilmoqchi bo`lgan tarbiyachini jarohatlagan. Ikki kishi — besh yoshli qiz va 30 yoshli ayol og`ir jarohat olgan. Hujumchi polisiya etib kelguniga qadar o`tkinchilar tomonidan qo`lga olingan. Ushlash vaqtida u ham yaralangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1