1

Afruza Hamdamova shaxmat bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

Sport 24.11.2023, 12:26
Afruza Hamdamova shaxmat bo`yicha jahon chempioni bo`ldi

Italiyada bo`lib o`tayotgan shaxmat bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo`lgan yosh toifasida o`zbekistonlik Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempionligiga erishdi. Bu haqda  O`zbekiston Shaxmat Federasiyasi xabar bermoqda.

Oxirgi turda qanday natija bo`lishidan qat`i nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga etib olishi mumkin bo`lgan yagona ta`qibchisi — qozog`istonlik shaxmatchini o`zaro o`yinda mag`lub etgan. Musobaqa nizomiga ko`ra, ochkolar teng kelib qolsa, o`zaro o`yinga qaraladi.

Shu tariqa Afruza Hamdamova O`zbekiston tarixida qizlar o`rtasidagi jahon chempioni bo`lgan ilk shaxmatchiga aylandi.

Bugunga qadar o`zbekistonlik sportchilardan Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o`z yosh toifalarida kumush medalni qo`lga kiritgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1