So`nggi paytlarda O`zbekistonda koronavirus qaytadan avj olyapti, jonlanyapti, o`limlar soni ortyapti degan xavotirli audiolar tarqalmoqda. Bu xabarlar aholi orasida sarosima paydo bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Xo`sh, haqiqatdan ham koronavirus jonlanyaptimi? Savollarimizga O`zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik qo`mitasi boshqarma boshlig`i Rustamjon Ikromov javob berdi.
– Koronavirus infeksiyasi to`g`risida gapirilganda avvalombor havo tomchi yo`llari orqali yuqadigan barcha o`tkir respirator virusli infeksiyalarni birgalikda gapirgan ma`qulroq. Sababi koronavirusni yuqish yo`li aynan shu o`tkir respirator virusli infeksiyalarning tushish yo`li bilan bir xil. Uni kechishi ham, ayni kunlardagi shtamlarni yuzaga keltiradigan kasallik turlari ham kasallikning o`zini kechishi, ko`rinishi bir xil. Shu sababli ham aholi o`rtasida aynan o`tkir respirator virusli infeksiyalarni mavsumiy ko`tarilishi davriga kelib ushbu kasalliklarni koronavirus infeksiyasini ko`tarilishi bilan bog`liq mish-mishlar tarzida tarqatilgan xabarlarning barchasi noo`rin. Sababi bizda kunlik nazorat olib boriladi va koronavirus infeksiyasi kasalligiga chalinganligi faqat laboratoriya va polimer zanjirli reaksiyalar orqali maxsus tekshiruvlar orqali laboratoriyada tasdiqlanadi.
Shunga ko`ra, bir hafta davomida bizda 90 ga yaqin kasallik qayd etilgan butun Respublika bo`ylab. Bu esa o`rtacha olganda 14-15 ta atrofida bir kunda qayd etilyotganini bildiradi. Biroq shu bilan birgalikda biz shu epid mavsum hisoblangan o`tkir respirator virusli infeksiyalarni e`tiborga oladigan bo`lsak bu bir haftalik davrda 10 000 dan 11 000 gacha miqdorda kasallik qayd etilyapti. Respublika bo`yicha. 75-80% o`tkir respirator infeksiyalarni soni Toshkent shahriga to`g`ri kelyapti. Endi bu har yili takrorlanib turadigan va odamlarimizda asosan muloqotning ko`payganligi va ularni yopiq binolarda uzoq vaqt bemor odamlar bilan birga qolayotgani va bemor o`sha o`tkir respirator virusli infeksiyasi bo`lgan taqdirda ham o`zlarini jamoat joylarida yoki ishga yoki o`qishga borish jarayonlariga jazm qilayotgan odamlarimizni o`ziga nisbatan talabchanligining susayganligi oqibatida yuzaga keladi. Sababi bu o`tkir respirator virusli infeksiyalar havo tomchi orqali yuqadi. Shu sababli ham bu kasallik tez tarqaladi va odamlar o`rtasida shu mish-mishlar kelib chiqishiga sabab bo`lyapti.
O`lim holatlari kuzatilyaptimi?
– Umuman o`lim holati yo`q. Hattoki shu o`tkir respirator virusli infeksiyalarda ham o`lim holati yo`q. Sababi kunlik nazorati va haftalik hisoboti yuritiladi.
Aholi nega koronavirus bo`lsam kerak degan bir taxminni ilgari suryapti. Grippning qaysi shtami kechyapti hozir? Uning simptomlari qanaqa?
–Dunyo bo`yicha ilmiy tekshirishlar oxirgi berilayotgan ma`lumotlarga qaraladigan bo`lsa, albatta, har yilgi o`tkir respirator virusli infeksiyalarni turli qo`zg`atuvchilar yuzaga keltiradi. Ularning ham, ya`ni virus qo`zg`atuvchilarning ham yangi-yangi shtamlari yuzaga kelyapti. Bu esa o`z navbatida kasallik kechishini biroz o`zgartishi mumkin. Shu sababli ham endi fuqarolarimiz o`rtasida men koronavirus bo`lsam kerak, chunki o`tgan yili gripp chalinganimda boshqacharoq bo`lgan edi. Virus esa boshqacharoq belgilar bilan yuzaga kelyapti. Bu koronavirus bo`lsa kerak, degan shubha bor. Lekin agar shunday shubha bo`ladigan bo`lsa fuqarolarimizdan so`rardik, butun Respublika bo`ylab koronavirusni tashxislash uchun laboratoriyalarimiz ishlab turibdi. Etarlicha diagnostika uskunalari bilan ta`minlangan. Shu joyga agar namuna topshiradigan bo`lsa, u tahlildan o`tkizdirilib koronavirus bor-yo`qligi aniqlanadi.
Grippning qaysi shtami O`zbekistonda mavjud? Avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi?
— Bizda o`tkir respirator virusli infeksiyalar aynan gripp va grippga o`xshash kasalliklar va bu bir necha yillardan buyon davom etib kelayotgan dozer epidimiologik tekshiruv degan bir tartibda tekshiruvdan o`tkaziladi, ya`ni ushbu kasalliklarning og`ir-engilligiga qarab ulardan olingan namunalar bizda va tegishli virusalogik laboratoriyalarimizda tekshiruvdan o`tkaziladi. 80 foizga yaqin natija shuni ko`rsatyaptiki, grippning A turi, ya`ni har yili uchraydigan turi uchrayapti. Lekin yuqorida aytib o`tgan bitta turni qaysidir yilda boshqacharoq belgilari yaqqolroq namoyon bo`lgan bo`lsa, keying yilda boshqacharoq belgilari ustun bo`lishi mumkin. Shu sababli ham odamlarimizda shubha bo`lyapti. Bu hammasi aynan shu gripp va grippga o`xshash kasalliklar va uni chaqiruvchi o`sha gripp virusi ma`lum foizlarda grippning A turiga to`g`ri keladi. Va uni og`irroq o`tadigan turlari esa 1 foizgayam etmaydi. Va ularni o`sha stasionar ravishda borib yotib davolanish kerak.
Bizda koronavirusning ko`proq omikron shtami uchrayapti. Grippning A virusi o`xshashligi qanaqa? Simptomlarni qanday farqlasa bo`ladi?
— Grippni bu tipi ham, koronavirus ham bir xil belgilar bilan namoyon bo`ladigan kasallikni chaqirishi mumkin. Uni hozirgi aytib o`tgan maxsus diaagnostik uskunalar bilan ajratib olinadi, xolos. Belgilari bu dastlabki yo`tal, aksirish, tana haroratining ko`tarilishi, holsizlik va qaltirash, odamda sovuqsirash. Shunga o`xshagan belgilar ikkalsida ham uchrashi mumkin. Bugungi kunda 17 foiz bemorlarda ikkala infeksiyaning barobar kelishi, ya`ni mixed uchrash holati bor. Bu ikkala infeksiya ham organizmda kasallik chaqirgan hisoblanadi va ikkalasi ham laboratoriya tahlilimizda tasdiqlangan.
Ularni davolash choralari qanaqa?
Davolash choralari bo`yicha, demak, milliy qo`llanmalar asosida protokollar ishlab chiqilgan va protokollarga asosan, bizda bugungi kunda dunyo mamlakatlarini ichida anchagina samarali bo`lgan koronavirusni davolash protokollari mavjud. Bu degani ushbu kasallikka chalingan taqdirda ham uni davolash uchun etarlicha bizda ijobiy holatlar bor.
Agar grippning A virusi bilan kasallangan bo`lsa, qaysi dori vositalarini qabul qilgan ma`qul?
Buni o`z-o`zidan bitta dorining nomini aytishdan men yiroqman. Agar bemor o`zida shu kasallik belgilarini sezadigan bo`lsa, albatta, o`zi yashab turgan davlat profilaktika muassasalaridagi shifokorlardan maslahat olishi va ularning tavsiyasiga amal qilishi shart.
Karim Zaripov tayyorladi