AsosiyDunyo

"Urush davom etadi!" Isroil Bosh vaziri G`azoga bordi va urushdan uchta maqsadi borligini e`lon qildi

'"Urush davom etadi!" Isroil Bosh vaziri G`azoga bordi va urushdan uchta maqsadi borligini e`lon qildi'ning rasmi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G`azo sektoriga tashrif buyurib, Falastinning Hamas harakatiga qarshi urush davom etishini aytdi.

"Biz oxirigacha - g`alabaga qadar davom etamiz. Bizni hech narsa to`xtata olmaydi”, dedi u.

Bosh vazir Isroil harbiy shtab-kvartirasi rahbariyati bilan anklavga tashrif buyurib, armiya qo`mondonlari va askarlar bilan suhbatlashdi. Uning idorasiga ko`ra, bosh vazir G`azoda aniqlangan Hamasning er osti tunnellaridan biriga ham tashrif buyurgan.

"Ushbu urushda uchta maqsadimiz bor: Hamasni yo`q qilish, barcha o`g`irlab ketilganlarimizni qaytarish va G`azo endi Isroil davlati uchun hech qachon tahdid bo`lmasligini ta`minlash", dedi u.

    Boshqa yangiliklar