AsosiyJamiyat

Namanganda "Tez yordam" haydovchisi o`limiga sabab bo`lgan YTH bo`yicha jinoyat ishi ochildi

'Namanganda "Tez yordam" haydovchisi o`limiga sabab bo`lgan YTH bo`yicha jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Kecha, 26 noyabr kuni Namanganda tez yordam mashinasi YTHga uchrashi natijasida haydovchi halok bo`lgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 26 noyabr kuni soat 09:00 larda haydovchi A.N. “Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyat filiali”ga qarashli “Damas” rusumli avtomashinada Chortoq tuman markaziga harakatlanib ketayotib, mazkur yo`lning qatnov qismida quvib o`tish qoidalarini buzib, o`zidan oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini quvib o`tib, avtomobillar yo`lining qarama-qarshi tarafida harakatlanib kelayotgan “Kobalt” bilan to`qnashgan.

Natijada “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi A.N. voqea joyida vafot etgan.

Marhum A.N.ning tan jarohatlari va o`lim sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza, yo`l-transport hodisasi yuzasidan sud-trassologiya ekspertizasi tayinlangan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar