AsosiyDunyo

Rossiyada 16 nafar o`quvchi oshdan zaharlandi

'Rossiyada 16 nafar o`quvchi oshdan zaharlandi'ning rasmi

Rossiyaning Kirov viloyatida bolalar maktab oshxonasidagi tushlikdan keyin shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Baza xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, hodisa Kalinino qishlog`ida sodir bo`lgani aytilmoqda. O`quvchilar 28 noyabr kuni tushlikka palov eyishgan, keyin esa ularning salomatligi yomonlashgan.

Qayd etilishicha, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo`lgan 16 nafar o`quvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq bemorlar soni oshib bormoqda. Zaharlanish voqeasi tergovchilar hamda "Rospotrebnadzor" vakillari tomonidan o`rganilmoqda.

Tekshiruv ishlari oxirigacha maktab oshxonasi yopilgan, o`qish onlayn shaklga o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar