1

Namanganda 5 tonnadan ortiq etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

Jinoyat 29.11.2023, 22:23
Namanganda 5 tonnadan ortiq etil spirtini noqonuniy muomalaga kiritgan korxonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tekshiruvda "E.l.", "G.E." va "E.M." MChJ rahbarlari antiseptik mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida birja savdolari orqali jami 102,7 mlrd so`mlik 4 025 tonna etil spirtini xarid qilib, amalda antiseptik mahsulotlarini ishlab chiqarmasdan etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Shuningdek, "A.F." MChJ rahbari A.A. birja savdolari orqali xarid qilingan 34,8 mlrd so`mlik 1 263 tonna etil spirtidan antiseptik mahsuloti ishlab chiqarmasdan, etil spirtini boshqa shaxslarga sotib yuborganligi ma`lum bo`lgan. Bundan tashqari, ushbu mablag`lar hisobidan Lacetti rusumli avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1