Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi va “RADIKS” dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o`rtasida investisiya kelishuvi imzolandi.
Kelishuvga ko`ra "RADIKS” dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona o`z faoliyatini kengaytirish maqsadida “Toshkent Farma Park” Innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtik klasteri hududida yangi korxonani ishga tushirib, ineksiya, infuzion eritmalar, steril antibiotiklar, tabletkalar, kapsulalar, shamlar, shuningdek, inson insulini ko`rinishidagi dori vositalarini ishlab chiqarish va buning natijasida 400 ta ish o`rinlarini yaratishni rejalashtirilmoqda.
Ma`lumot uchun: Korxona o`z faoliyatini 2002 yilda boshlagan. Bugungi kunda korxonada 650 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonada 7 ta asosiy ishlab chiqarish tabletka, galen, malham, infuzion, ineksiya, quruq antibiotiklarni tarqatish sexi, bo`sh ampulalar ishlab chiqarish sexi mavjud.