AsosiyJamiyat

3 ta hududda gaz va "svet"dan noqonuniy foydalanayotganlar qo`lga tushdi

'3 ta hududda gaz va "svet"dan noqonuniy foydalanayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan “O`zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.J.” MChJ rahbari M.X. Zangiota tumani “Bo`zsuv” QFYdagi em ishlab chiqarish sexida bug` qozonlarini hech qanday hujjatsiz o`g`rilik yo`li bilan umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga ulab, jami 166,5 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yozyovon tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.” fermer xo`jaligi rahbari N.S. “Yangiobod” MFYdagi dala maydoniga o`rnatilgan elektr hisoblagich plombalariga qasddan shikast etkazib, suv nasoslarini o`g`rilik yo`li bilan elektr tarmog`iga ulab, jami 149,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro Sh.R. “Urganji” MFYdagi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga qo`lbola usulda yasalgan burg`ulash uskunasini o`g`rilik yo`li bilan ulab, jami 108,5 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar