1

Kurash bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonliklar umum jamoa hisobida 1-o`rinni egalladi

Sport 30.11.2023, 21:41
Kurash bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonliklar umum jamoa hisobida 1-o`rinni egalladi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida kurash bo`yicha o`tkazilgan XIV jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan O`zbekiston sport delegasiyasi Toshkentga qaytib keldi.

50 dan oshiq davlatdan 200 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etgan jahon chempionatida erkaklar o`rtasida 7 ta, ayollar o`rtasida 8 ta medallar jamlanmasi uchun kurash ketgan bo`lsa, yurtimiz sportchilari 7 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo`lga kiritib, umum jamoada 1-o`rinni egalladi.

Eslatib o`tamiz, XIV jahon chempionatining yakuniy sarhisobiga ko`ra, umum jamoada Turkmaniston terma jamoasi ikkinchi, Qozog`iston kurashchilari uchinchi o`rinni egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1