AsosiyDunyo

Toshkent yashash uchun dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi

'Toshkent yashash uchun dunyodagi eng arzon shaharlar beshligiga kirdi'ning rasmi

The Economist Intelligence Unit dunyoning 173 yirik shaharlarida yashash narxining yangi tadqiqotini e`lon qildi, deya xabar bermoqda Xabar.ru. 

Britaniya jurnali tahlilchilari martdan sentyabrgacha bo`lgan davr uchun 400 ta tovar va xizmatlar narxini dollarda solishtirdi. Barcha shaharlar Nyu-York bilan taqqoslangan, unga 100 ballik bazaviy reyting beriladi.

Singapur va Syurix eng qimmat turmush darajasiga ega shaharlar reytingida birinchi o`rinni egalladi. 

Toshkent dunyoning qimmat shaharlari reytingida 31 ballik bazaviy reyting bilan 169-o`rinni (pastdan beshinchi) egalladi .

Uzoq vaqt davomida dunyodagi eng arzon shahar Suriya poytaxti Damashq (13 ball) bo`lib qolmoqda. Kuchli o`nlikka Tripoli, Lusaka, Lagos,Buenos-Ayres, Hindistonning Ahmadobod va Chennay shaharlari ham kiradi.

    Boshqa yangiliklar