AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 10 oy ichida 8 mingdan ziyod yong`in sodir bo`lgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda 10 oy ichida 8 mingdan ziyod yong`in sodir bo`lgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Respublika bo`ylab 15 noyabr kunidan 15 dekabr kuniga qadar “Yong`in xavfsizligi oyligi” e`lon qilinib, oylik doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida bir qator profilaktik tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda. Bu haqda UzA xabar bermoqda. 

Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Yong`in xavfsizligi oyligi” doirasida “Aholi turar joylari, jamoat binolari va sanoat obektlari xavfsizligini ta`minlashning dolzarb masalalari: muammo va echimlar” respublika ilmiy-amaliy anjumani  bo`lib o`tdi.  

Anjumanda O`zbekistonning Vazirlik axborot xizmati xodimlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi professor-o`qituvchilari, harbiy xizmatchilar, kursantlar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda qayd etilganidek, respublikada 2022 yilda jami 10 ming 260 ta yong`in hodisasi yuz berib, unda 284 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 107 nafari vafot etgan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga 214,6 mlrd so`mlik zarar etkazilgan. Joriy yilning o`tgan 10 oyi mobaynida esa jami 8 ming 293 ta yong`in sodir bo`lgan bo`lib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 44 taga ko`p sodir bo`lganligini ko`rishimiz mumkin.  

Yong`inlar natijasida 56 nafar insonlar halok bo`lgan bo`lsa, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 18 taga kamayganini, jarohat olganlar esa 135 nafarni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 16 taga kamaygan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar