AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda mashhur brendlardan foydalanib, “poroshok” ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi

'Yangiyo`lda mashhur brendlardan foydalanib, “poroshok” ishlab chiqarayotgan sex aniqlandi'ning rasmi

Yangiyo`l tumanida taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X. o`z uyining yordamchi xo`jaligida yashirin sex tashkil qilib, inson hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan kir yuvish kukunlarini “Mif”, “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Ushastiy nyan” nomli tovar belgilaridan foydalangan holda qoplarga qadoqlab ishlab chiqarish bilan shug`ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar