AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik o`quvchilar “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” tadbirida ishtirok etdi

'O`zbekistonlik o`quvchilar “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” tadbirida ishtirok etdi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o`quvchisi Abdujalilov Saidaziz hamda 9 sinf o`quvchisi G`ulomov Paxlavon “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” da qatnashishdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ular tanlovda o`zlarining yomg`ir suvini yig`ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo`yicha ishlab chiqqan loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Ma`lumot uchun, “Zayed barqarorlik mukofoti” Birlashgan Arab Amirliklarining kashshof global mukofoti hisoblanadi.

Ushbu loyiha doirasida kelib tushgan 5 mingdan ortiq arizalar ichidan final bosqichiga chiqqan 33 ta ariza orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi o`quvchilari loyihasi Evropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan 3 ta loyihadan biri bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar