AsosiyJamiyat

“Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari qo`yildi

'“Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 7 dekabr kuni 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Poezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

60-sonli “Toshkent — Andijon” yo`nalishi

Toshkent 07:56 — Andijon 14:00

59-sonli “Andijon — Toshkent” yo`nalishi

Andijon 15:58 — Toshkent 21:53

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: chipta.railway.uz

 

    Boshqa yangiliklar