Ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat voha, markaz yoki janub viloyatlarida balki, qishning birinchi sanasida poytaxtda ham siren gullagani to`g`risidagi xabarlar tarqalmoqda.
"Noyabr iliq keldi. Masalan Navoiyning ba`zi qismlarida oylik o`rtacha harorat iqlimiy me`yordan 4 daraja yuqori kuzatildi. Bu, 120°S ortiqcha samarali haroratdir.
Bu kabi ortiqcha xaroratlar to`plamasi o`simlik fizologiyasiga ta`sir etib, ularda noodatiy fenologik davrlarni berib yubordi", deydi gidrometeorolog E. Abdulahatov.