3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni. Nogironligi bo`lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e`tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o`n yilligi deb belgilangan edi.
Mazkur o`n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e`lon qilingan.
Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a`zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to`laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta`lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.