AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta "zapravka" 34 mlrd 640 mln so`mlik tabiiy gazni "eb" yubordi

'Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta "zapravka" 34 mlrd 640 mln so`mlik tabiiy gazni "eb" yubordi'ning rasmi

Joriy yil 1 dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. 

Xususan:

Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan “T.V.G.” MChJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O.E.G.” MChJ va “P.O.” MChJga qarashli AGTKShlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko`rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o`zgartirilganiligi ma`lum bo`ldi.  

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln so`mlik zarar etkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

    Boshqa yangiliklar