AsosiyJamiyat

O`zbekiston va BAA IIVlari haydovchilik guvohnomalarini o`zaro tan olish bo`yicha kelishib oldi

'O`zbekiston va BAA IIVlari haydovchilik guvohnomalarini o`zaro tan olish bo`yicha kelishib oldi'ning rasmi

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po`lat Bobojonov boshchiligidagi delegasiya Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doir masalalarni muhokama qilish maqsadida mazkur mamlakatga tashrif buyurdi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Tashrif doirasida “O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati o`rtasida haydovchilik guvohnomalarini o`zaro tan olish va almashish to`g`risida”gi Anglashuv memorandumi ikki davlat ichki ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.

Mazkur Anglashuv memorandumi kuchga kirganidan so`ng, har ikki davlat fuqarolari o`zlarining milliy haydovchilik guvohnomalari bilan ikkinchi tomon davlatining hududiga tashrif buyurgan davrda (uzoq muddatga yashash uchun kelganlar bundan mustasno) transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo`ladilar.

Shuningdek, BAA rezidenti bo`lgan (uzoq muddat yashash huquqini olganlar) milliy haydovchilik guvohnomasiga ega O`zbekiston fuqarolari esa Amirliklar haydovchilik guvohnomasini olish vaqtida tegishli nazariy va amaliy sinovlarni topshirishdan ozod qilinishi ko`zda tutilgan.

Hujjat 2024 yilning 27 yanvar kunidan kuchga kirishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar