AsosiyJamiyat

Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi

'Xorazmda talaba pnevmoniyadan vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 2 dekabr kuni Xorazm viloyatida TTA Urganch filiali talabasi pnevmoniya oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda oliygoh matbuot xizmati. Ijtimoiy tarmoqlarda talabaning vafot etishiga koronavirus (COVID-19) sabab bo`lgani va akademiya filialida o`qiyotganlar ichida shamollash asorati bo`lganlarning ro`yxati tuzilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etilishicha, kecha, soat 12:00 lar atrofida TTA Urganch filiali «Davolash fakulteti» 1-bosqich talabasi Aytboev Sherxon Anvar o`g`li, o`tkir zotiljam (pnevmoniya) asoratlari boshlaganidan bugungi kungacha davo choralarini olib kelganiga, shuningdek, tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko`rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo`lib, xulosalar aniq bo`lganidan keyin, qo`shimcha ma`lumot beriladi.

O`z navbatida matbuot xizmati tomonidan guruhlar kesimida «grippga chalinganlar ro`yxati» tuzilayotgani bo`yicha hech qanday munosabat bildirilmagan.

    Boshqa yangiliklar