AsosiyDunyo

Turkiyaga kelganiga 3 kun bo`lgan o`zbekistonlik qizni majburlab erga bermoqchi bo`lishdi (video)

'Turkiyaga kelganiga 3 kun bo`lgan o`zbekistonlik qizni majburlab erga bermoqchi bo`lishdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Turkiyaga kelganiga 3 kun bo`lgan o`zbekistonlik qizni majburlab erga berishmoqchi bo`lishdi.”, deb nomlangan maqola e`lon qilingan. Ushbu maqolada “O`zbek ayollarining huquqini himoya qilish” jamiyatiga 20 yoshli O`zbekiston fuqarosi yordam so`rab murojaat qilib, o`ziga tanish bo`lgan ayollar unga Turkiyada ish bor deb chaqirgani, Turkiyaga kelganidan keyin esa uni Turkiya fuqarosiga majburlab turmushga bergani aytilgan. 
 

Mazkur holat 2023 yil 24 oktyabr kuni tasvirga olingan bo`lib, Istanbul shahrida faoliyat ko`rsatuvchi “O`zbek ayollarining huquqini himoya qilish” jamiyati (keyingi o`rinlarda – jamiyat)ga yordam so`rab murojaat qilgan 2003 yilda tug`ilgan, Andijon viloyatida yashovchi I.Sh. ismli qiz bilan bog`liq voqeaga aloqador.

Fuqaro I.Sh. joriy yilning sentyabr oyida o`ziga oldindan tanish bo`lgan, hozirgi vaqtda Turkiya fuqaroligini qabul qilgan, 1990 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan O.P. ismli ayol bilan oldindan kelishgan holda, Turkiya fuqarosiga turmushga chiqishga rozi bo`lgan holda Istanbul shahriga kelgan va u erdan Burdur shahriga jo`nab ketgan. 

Biroq, Burdur shahrida turmush qurishi lozim bo`lgan yigit fuqaro I.Sh. ga ma`qul kelmaganligi sababli u ushbu shaxsga turmushga chiqishni rad etgan. 

Shundan so`ng, fuqaro I.Sh. va uni O`zbekistondan Turkiyaga samolyotda uchib kelish uchun chipta xarid qilgan fuqaro I.P. o`rtasida o`zaro janjal kelib chiqqan.

Bosh konsulxona va jamiyat hamkorligida Burdur shahar polisiya idorasiga murojaat qilinib, 23 oktyabr kuni uni Istanbul shahriga qaytarishga muvaffaq bo`lindi.

Fuqaro I.Sh. hozirgi vaqtda fuqaro I.P.ga nisbatan da`vosi yo`qligini, shuningdek biroz muddat Istanbul shahrida qolib mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi ekanligini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar