AsosiyJamiyat

Namanganda gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor 1 mlrd so`m jarimaga tortildi

'Namanganda gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor 1 mlrd so`m jarimaga tortildi'ning rasmi

“Hududgaz Namangan” gaz ta`minoti filialining “Namangan shahargaz” bo`limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlari va soha ob`ektlarida olib borilayotgan o`rganishlar vaqtida tabiiy gaz tarmog`iga noqonuniy ulanish holati aniqlandi.

Ma`lum bo`lishicha, Yangi Namangan tumanidagi Axsikent mahallasi 1-Komil Yormatov ko`chasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.A.” kulolchilik sexida gaz hisoblagichdan tashqari er ostidan yashirincha gaz quvuri tortilgan.  

Mazkur holat bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisoblandi va 1 milliard so`mdan ziyod jarima belgilandi. Noqonuniy ulangan quvur payvandlash uskunasi orqali tarmoqdan ajratildi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati bo`yicha barcha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar