AsosiyJamiyat

Marg`ilonda "Gentra" egalari ogohlantirildi. Sababi…

'Marg`ilonda "Gentra" egalari ogohlantirildi. Sababi…'ning rasmi

Marg`ilon shahrida qora rangdagi "Gentra" avtomashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilmoqda

Ma`lum qilinishicha, ayni kunlarda Farg`ona va Marg`ilon shaharlarida aynan qora rangdagi "Gentra" rusumli avtomashina haydovchilari tomonidan davlat raqam belgisini echib olib, harakatlanish holatlari ko`p uchramoqda.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan tegishli tartibda ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilyapti.

O`tkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig`i, general-mayor Azizbek Ikramov shaxsan ishtirok etib, "Gentra" avtomashinalari haydovchilari bilan suhbat o`tkazdi.

Unda yuqoridagi kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik, aks holda haydovchi ma`muriy javobgarlikka tortilishi, avtomashina esa, jarima maydoniga olib kirilishi tushuntirildi.

 

    Boshqa yangiliklar