AsosiyDunyo

Isroil G`azo sektori bo`ylab harbiy amaliyotlarini yanada kuchaytirdi

'Isroil G`azo sektori bo`ylab harbiy amaliyotlarini yanada kuchaytirdi'ning rasmi

Isroil G`azo sektori bo`ylab quruqlikdagi operasiyalarini kengaytirmoqda. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Xagariy ma`lum qildi, deya xabar beradi The Times of Israed.

Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtab boshlig`i general-leytenant Gerzi Halevi harbiylar G`azo sektorining janubida quruqlikdagi operasiyani boshlaganini, bu kuch jihatidan shimoldagi janglardan kam bo`lmasligini aytdi.

"G`azo sektorining janubidagi operasiya shimoldagi operasiyadan kam bo`lmaydi", dedi Halevi. "Hamas qo`mondonlari Isroil armiyasi bilan hamma joyda uchrashadi", dedi general.

Uning so`zlariga ko`ra, G`azo sektoridagi gumanitar pauza va vaqtinchalik sulhga qadar Isroil harbiylari HAMAS harakati bilan aloqador bo`lgan ikki falastinlik jangchi brigadasini qisman yo`q qildi va “hozirda Isroil armiyasining 162-diviziyasi bu yutuqlarni mustahkamlashda davom etmoqda”. 

"Kecha ertalab biz G`azo sektorining janubida ham xuddi shunday harakatlarni boshladik", dedi Bosh shtab rahbari.

Eslatib o`tamiz, Isroil va HAMAS o`rtasidagi urush 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. 24 noyabr kuni mojaro tomonlari vaqtinchalik o`t ochishni to`xtatishga kelishib oldi. Sulh vaqtida HAMAS va Isroil garovga olinganlarni almashgan, G`azo sektoriga gumanitar yordam etkazilgan. 1 dekabr kuni vaqtinchalik sulh shartnomasi buzildi, tomonlar bir-birlarini kelishuvlarni buzganlikda aybladilar.

    Boshqa yangiliklar