AsosiyJamiyat

Chirchiqda Qozog`iston universitetining filiali ochiladi

'Chirchiqda Qozog`iston universitetining filiali ochiladi'ning rasmi

Chirchiq shahrida M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston universiteti notijorat aksiyadorlik jamiyatining filiali tashkil etiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi e`lon qilindi.

Unga ko`ra, Filial faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib – iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta`lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarishning uzluksizligi va izchilligi tamoyillari, shuningdek, jahonning nufuzli o`quv-ilmiy markazlari bilan uyg`un integrasiyalashuv asosida mutaxassislarni, ilmiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yuksaltirish belgilanmoqda.

Universitet filiali kadrlarga bo`lgan ehtiyoj asosida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.  

Qaror loyihasida universitetning yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan tarkibiy bo`linmasi ekanligi, abiturientlar qabuli va filial bitiruvchilarini attestasiyadan o`tkazish Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi, Universitet diplomi O`zbekiston hamda Qozog`istonda oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinishi nazarda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar