Joriy yil 1 dekabar kuni soat 7:30 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Qo`yliq-5 mavzesida joylashgan 47-sonli maktab hududida ayol jinsiga mansub fuqaroning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz’ga ma`lum qildi
Olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Ma`lum qilinishicha, u Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi Qo`rg`ontepa mahallasida doimiy ro`yxatda turgan 1979 yilda tug`ilgan M.M. bo`lib, vaqtinchalik ishsiz va vaqtinchalik Toshkent shahar hududi ko`chalarida yashab kelgan.
Murdaga o`sha kunning o`zida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ekspertizaning dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, fuqaro M.M. ning o`limi «surunkali yurak ishemik kasalligi, kardioskleroz, o`tkir yurak qon tomir etishmovchiligi, alkagoldan o`tkir zaharlanish, bosh yuqori va pastki lab yumshoq to`qimalarini lat eyishlari, pastki lab ezilib yirtilgan yarasi, yuz, tana, qo`l va oyoq sohalari qontalashmalari va teri shilinmalari, ichki a`zolari to`laqonligi» natijasida vujudga kelganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.