Toshkent viloyati hududida joriy yil 19-20 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarning boshqaruv organlari, kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida kompleks o`quv mashqi o`tkaziladi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tomonidan tegishli qaror imzolangan.
Mazkur o`quv mashqini o`tkazishdan asosiy maqsad – "Qamchiq" dovonida qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish, sodir bo`lganda bartaraf etishda FVDT boshqaruv organlari hamda kuch-vositalari tayyorgarligini kuchaytirish, transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatini ta`minlashga mas`ul xizmatlarning tezkor navbatchilari o`rtasida barqaror axborot almashinuvi samaradorligini oshirishdan iborat.






