AsosiyJamiyat

G`ayrat Fozilov O`zbekistonning Belgiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi

'G`ayrat Fozilov O`zbekistonning Belgiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi'ning rasmi

O`zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi G`ayrat Fozilov kecha tunda Belgiya va Evropa Ittifoqi poytaxtiga tashrif buyurdi.

G`ayrat Fozilov 2015–2017 va 2021–2023 yillarda O`zbekiston tashqi ishlar vazirining o`rinbosari lavozimida ishlagan. TIV qoshidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

1996 yildan buyon TIV tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik xizmatini Evropa davlatlari bilan hamkorlik bo`yicha boshqarma attashesi sifatida boshlagan. TIV markaziy apparatida, O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, shuningdek, mamlakatimizning Fransiya, va Belgiyadagi elchixonalarida, NATO huzuridagi missiyada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-2021 yillarda Yaponiyadagi elchi vazifasida faoliyat yuritgan.

Diplomat fransuz va ingliz tillarini biladi.

G`ayrat Fozilov 2017–2023 yillarda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi elchi, O`zbekistonning Evropa Ittifoqi va NATOdagi (qarorgohi Bryussel shahrida) vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan Dilyor Hakimov o`rniga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar