AsosiyJamiyat

Toshkentda o`ta katta sig`imli elektrobuslar harakati yo`lga qo`yildi

'Toshkentda o`ta katta sig`imli elektrobuslar harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Bugun, 6 dekabr kunidan Toshkent shahrida o`ta katta sig`imli elektrobuslar harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi 59-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahri uchun xarid qilingan 200 dona o`ta katta sig`imli "King Long" rusumli avtobuslarga ishlab chiqaruvchi zavod - "Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd" tomonidan bonus tariqasida qo`shimcha ravishda 2 dona "King Long" elektrobuslari taqdim etilgan.

Hozirgi kunda, "King Long" rusumli elektrobuslarni test sinovlaridan o`tkazish hamda ushbu elektrobuslarni boshqaruvchi haydovchilarni o`qitib maxsus sertifikatlar bilan ta`minlash ishlari nihoyasiga etkazilganligi munosabati bilan, mazkur o`ta katta sig`imli elektrobuslar 2023 yil 6 dekabr kunidan boshlab, Jamiyatning "2-avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 14-sonli "TTZ AShB - Toshkent vokzali" avtobus yo`nalishida xizmat ko`rsatishni boshladi. 

"O`ta katta sig`imli elektrobuslarning xizmat ko`rsatish darajasi yuzasidan fikr va mulohazalaringizni izohlardan kutib qolamiz", - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar