AsosiyDUNYO

Isroil G`azoda harbiy amaliyotning uchinchi bosqichi boshlanganini e`lon qildi

Isroil armiyasi HAMAS harakati bilan urushning uchinchi bosqichiga kirdi, dedi Bosh shtab...

Isroil armiyasi HAMAS harakati bilan urushning uchinchi bosqichiga kirdi, dedi Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi. Uning ta`kidlashicha, Isroil armiyasi vaqtinchalik sulh tugaganidan so`ng darhol G`azo sektorida harbiy amaliyotlarni qayta boshlashga tayyor.

“Biz urushning uchinchi bosqichiga o`tdik. Biz G`azo sektorining shimolida HAMASning ko`plab istehkomlarini egallab oldik va hozir uning janubdagi og`irlik markazlariga qarshi harakat qilmoqdamiz”, — dedi Bosh shtab rahbari. U Xon Yunis anklavining janubiy hududi qurshab olingani haqida xabar berdi. “So`nggi kunlarda HAMASning ko`plab jangarilari, jumladan, yuqori martabali qo`mondonlar o`ldirildi”, - dedi Halevi.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari janubiy qo`mondonligi rahbari general-mayor Yaron Finkelman Isroil jangarilari G`azo sektori janubidagi eng yirik shahar Xon-Yunisda jang olib borayotganini ma`lum qilgandi. Isroil razvedkasi ma`lumotlariga ko`ra, HAMAS jangarilarining aksariyati u erda joylashgan.

31 oktyabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning G`azo sektoridagi harbiy amaliyotlarining uch bosqichini e`lon qildi. Birinchi bosqich - blokirovka qilish. Ikkinchi bosqich doimiy havo hujumlarini o`z ichiga oladi. Uchinchi bosqich - G`azo sektoriga erdan kirib borishni kengaytirish. Bosh vazirning so`zlariga ko`ra, Isroilning vazifasi HAMASning harbiy va ma`muriy salohiyatini yo`q qilishdir.

Eslatib o`tamiz, Isroil va HAMAS harakati o`rtasidagi urush 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, G`azo sektorida 15,5 mingga yaqin Falastin fuqarosi halok bo`lgan. Isroil tomoni 1,2 ming kishi halok bo`lgani haqida xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar