AsosiyJamiyat

Reyd davom etmoqda: Toshkentda jinoyat sodir etgan yana bir nechta shaxslar ushlandi

'Reyd davom etmoqda: Toshkentda jinoyat sodir etgan yana bir nechta shaxslar ushlandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, poytaxtda “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Toshkent IIBBning xabar qilishicha, tadbir davomida o`tkazilgan tergov-tezkor harakatlar davomida jinoyat sodir etganlikda gumonlanib quyidagi shaxslar ushlandi:

1.  1993 y.t. O`rinov Umidjon Baxtiyor o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

2.  1995 y.t. Begmatov Asadullo Xolmat o`g`li (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

3.  1987 y.t. Sobirjonov Xasan Abdusamatovich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik);

4.  1987 y.t. Sobirjonov Xusan Abdusamatovich (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik).

5.  1990 y.t. Djalilov Xasan Nazarovich (O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

Gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar