AsosiyDunyo
2432

Ukraina 2025 yilgacha hujumga o`ta olmasligi mumkin

'Ukraina 2025 yilgacha hujumga o`ta olmasligi mumkin'ning rasmi

Ukraina 2025 yilgacha boshqa yirik hujum uyushtira olmasligi mumkin, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Qayd etilishicha, Ukraina 2023 yil yozida amalga oshirgan qarshi hujumlarida katta hududlarni ozod qila olmaganidan keyin strategik mudofaaga o`tmoqda. 

Bundan tashqari, ayni paytda AQSh va Evropaning iqtisodiy va harbiy yordami so`roq ostida qolgan, Ukrainaning o`zida siyosiy kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

“Ukrainaning o`z hududining aksar qismini qaytarib olish imkoniyati ayni vaqtda so`roq ostida qolmoqda, Putinning mamlakat iqtisodiyotini urushga yo`naltirish taktikasi esa uning urushdagi va ehtimol diplomatik sohadagi mavqeini mustahkamladi”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, nashrda aytilishicha, Ukraina urushdan qattiq charchagan va uning tiklanishi uchun vaqt kerak.

Ushbu maqola Ukrainaning Liman shahrida yozilgan. Uning hisobotida frontning ma`lum qismida ham Ukraina, ham Rossiya qo`shinlari uzoq muddatli mudofaaga tayyorgarlik ko`rayotgani yoziladi. “Yagona haqiqat shuki, bu urush hali uzoq vaqt davom etadi”, deya xulosa qilinadi unda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar