1992 yil 10 dekabr “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.
Qonun 13 moddadan iborat bo`lib, unda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta`kidlangan.
Davlat madhiyasi muallifi O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O`zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov tomonidan yaratilgan.
O`zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o`zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va etuk insonlar bo`lib voyaga etishida muhim tarbiyaviy vosita bo`lib xizmat qilmoqda.