AsosiyDunyo
2552

Tojikistonlik 32 yoshli fuqaro onasini 136 marta pichoq urib o`ldirdi (video)

'Tojikistonlik 32 yoshli fuqaro onasini 136 marta pichoq urib o`ldirdi (video)'ning rasmi

Tojikistonning Konibodom shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro o`z onasiga 136 marotaba pichoq urib uni o`ta shafqatsizlarcha o`ldirganlikda ayblanib, qo`lga olindi. Bu haqda Tojikiston IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tojikiston IIVning So`g`d viloyati bo`yicha matbuot kotibining ma`lum qilishicha, qo`lga olingan Shahriyor Normatov va uning 65 yoshli onasi Halimajon Normatova o`rtasida joriy yilning 24 noyabr kuni janjal kelib chiqqan.

Tergovda qayd etilishicha, Normatov ayolga 136 marotaba pichoq urib o`ldirgan hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida ayolning qonli kiyimini almashtirib, xonasiga olib borib, yotqizib, poldagi qonni yuvib, qotillik sodir etishda foydalangan pichoqni tozalagan.

Ona va o`g`il o`rtasidagi mojaro sabablari ma`lum qilinmayapti, Shaxriyor Normatovning o`zi tergov tadbirlari davomida onasi qanday vafot etgani haqida batafsil gapirib berdi.

"U pichoqni qo`liga olib, meni urishmoqchi bo`lib oldimga keldi. Lekin men uning qo`lidan pichoqni olib qo`ydim va bir marotaba yuziga urdim. Keyin qorniga, qo`llariga, bo`yniga, boshiga urdim. Keyin u yiqildi va vafot etdi. Ertasi kuni Normatov qarindoshlariga onasining kutilmaganda vafot etgani haqida xabar bergan, biroq ayolning qarindoshlaridan birining so`zlariga ko`ra, uning bo`ynida pichoq jarohatlari izlarini ko`rib, ular "kutilmagan va to`satdan o`lim" haqidagi versiyaga ishonishmagan", - deydi jinoyachi.

Ma`lum bo`lishicha, ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va 1993 yildan beri mahalliy ruhiy shifoxonada ro`yxatga olingani qayd etilgan.

Shaxriyor Normatovga nisbatan Tojikiston respublikasi JKning 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. O`ta shafqatsizlik bilan qotillik qilgani uchun uni 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi kutmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar