Kompaniyasi o`z mijozlaridan hushyor bo`lishni va shaxsiy ma`lumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy ma`lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni so`ramoqda. Bu haqda UzAuto Motors ogohlantirish e`lon qildi.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet ommabop avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish bo`yicha takliflar tarqalmoqda. Buning uchun xaridorlardan OneID tizimidagi shaxsiy login va paroli, shuningdek pasport nusxasi hamda ma`lum miqdordagi to`lovni amalga oshirish so`raladi.
UzAuto Motors kompaniyasi o`z mijozlaridan hushyor bo`lishni va shaxsiy ma`lumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy ma`lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni so`raydi. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta`minlaydigan imkon yo`q.
Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma`lumotlaringiz firibgarlik bilan bog`liq holatlar yoki boshqa bir nomaqbul harakatlar uchun foydalanilishi mumkin. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma`lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo`lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o`z zimmasiga olmaydi.
O`zingizni bunday nayranglardan himoya qilish uchun kompaniya sizdan bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishingizni so`raydi:
Avvalo, shaxsiy ma`lumotlaringizni hech kimga oshkor qilmang. Unutmang, yangi avtomobil uchun onlayn shartnoma olish mutlaqo tekin va hamma uchun ochiq.
Eslatib o`tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi (iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobilni onlayn xarid qilish bo`yicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
1. OneID tizimidan ro`yxatdan o`tish;
3. OneID tizimidagi login va parol yordamida saytga kirish/ilovadan ro`yxatdan o`tish;
4. Avtomobil modeli, rangi va komplektasiyasi hamda ma`qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo`ladi.
Raqamlashtirishning ushbu yangi bosqichi UzAuto Motors'ning innovasiyalarga va mijozlar uchun qulaylik yaratish, ularni cheklovlardan ozod qilish va avtomobil xarid qilishda zamonaviy echimlarni taklif etish bo`yicha intilishini aks ettiradi.
Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi.
One ID tizimida ro`yxatdan o`tish tartibi:
UzAutoSavdo mobil ilovasi orqali Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi:
savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali Chevrolet avtomobillari uchun onlayn shartnoma olish tartibi