Gollandiyalik mashhur futbolchi Robin van Persi Turkiya chempionatida ko`zidan og`ir jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Sports.uz" nashri
"Fenerbahche" tarkibida "Oqxisor Beledie" jamoasiga qarshi maydonga tushgan mohir to`purar raqib maydonchasidagi to`p uchun kurashda ko`zidan zarba edi. Zarba kuchidan Robinning ko`zidan qon oqa boshladi.
Van Persi zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Biroq, futbolchi chap ko`zidan ayrilish ehtimoli juda katta. Bunaqa jarohatdan keyin ko`rish qobiliyati yo`qolishi ta`kidlanmoqda.
"Fenerbahche"ning 3:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan o`yinda o`z vaqtida "Arsenal" va "Manchester Yunayted"da porlagan van Persi hisobni ochgan edi.





