AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktablar uzluksiz issiqlik bilan ta`minlandi

'Toshkentdagi maktablar uzluksiz issiqlik bilan ta`minlandi'ning rasmi

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi mahalliy qozonxonalarga mobil generatorlar o`rnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Jami korxona tomonidan Toshkent shahrida mahalliy qozonxonalar ehtiyojlari uchun 31 ta generator o`rnatilgan.

 Generatorlar issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan kompaniyaning mahalliy qozonxonalarini ishlashini ta`minlash uchun mo`ljallangan. Ushbu generatorlar elektr ta`minoti uzilishi vaqtida qozon uskunasining uzluksiz ishlashini ta`minlaydi.

 Shuningdek, bugun Veolia Energy Tashkent  kompaniyasi tomonidan elektr ta`minotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1 va 111-maktablarni issiqlik bilan ta`minlovchi mahalliy qozonxonalarga umumiy quvvati 210 kVt bo`lgan 2 ta generator o`rnatildi.

Bundan tashqari, har bir kompaniyaning tuman bo`limida elektr ta`minoti uzilib qolganda tezkor harakat qilish uchun zaxira generatori mavjud.

    Boshqa yangiliklar