AsosiyJamiyat

Paxta xomashyosi birjada erkin sotilishi belgilanmoqda

'Paxta xomashyosi birjada erkin sotilishi belgilanmoqda'ning rasmi

2024 yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini etishtirish, paxta yig`im-terimi va xaridi uchun Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasi kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi.

Unga ko`ra:

  • fyuchers shartnomasi tuzgan etishtiruvchi va urug`chilik sub`ektlariga har yili 1 oktyabrdan boshlab, paxta xomashyosi etishtirish uchun – paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 14 oyga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan;

 

  • klasterlarga paxta xomashyosi xaridi bo`yicha yakuniy hisob-kitob uchun paxta xomashyosi qiymatining 80 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 10 oyga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 4 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

 

  • ajratilgan kredit mablag`lari hisobidan agrotexnik tadbirlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan moddiy resurslar etkazib beruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar etishtiruvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi (bug`doy etishtiruvchi fermer xo`jaliklari hozirga etkazib beruvchilarni o`zlari tanlamoqda);

 

  •  etishtiruvchilar, klasterlar va urug`chilik xo`jaliklari kredit buyurtmalarini Qishloq xo`jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etadi.

 

Shuningdek, endilikda paxta xomashyosi fermerlarning o`z mablag`lari, shu jumladan, tijorat kreditlari hisobi bilan etishtirilganda paxta xomashyosi yoki undan olinadigan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint va boshqalar) birjada erkin sotiladi.

 

    Boshqa yangiliklar