AsosiyJamiyat

Turkiy davlatlar o`zaro soddalashtirilgan bojxona yo`lagini tashkil etish harakatida

'Turkiy davlatlar o`zaro soddalashtirilgan bojxona yo`lagini tashkil etish harakatida'ning rasmi

Turkiy davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Toshkentda yig`ildi.

Ta`kidlanishicha, mazkur nufuzli xalqaro tadbirda tashkilotga a`zo Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya va O`zbekiston hamda kuzatuvchi davlat - Vengriya bojxona xizmati rahbarlari, Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati ishtirok etdi. Shuningdek, Gruziya bojxona xizmati rahbari faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab Bojxona qo`mitasining zamonaviy Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Markaziy bojxona laboratoriyasi bilan tanishib, mamlakatimizda bojxona sohani raqamlashtirish yo`nalishida erishilgan eng ilg`or yutuqlarni e`tirof etishdi.

Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida o`tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining 9-yig`ilishi asosiy e`tibor tashkilotning 2022 yildagi Samarqand sammitida imzolangan Turkiy davlatlar o`rtasida Soddalashtirilgan bojxona yo`lagini joriy etish to`g`risida Bitimni hayotga tadbiq etishga qaratildi.  

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti hududida yagona tranzit tarmog`ini shakllantirish masalasi ham ko`rib chiqildi. Bunda  TIR Konvensiyasining elektron tartiboti - eTIR xalqaro tizimini tashkilot hududida to`liq qamrab olish muhim. Bu esa eng avvalo tashkilotga a`zo davlatlar o`rtasida o`zaro tovar aylamanmasi hajmini oshirish, ushbu jarayonda sarflanadigan vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu xalqaro tizimga Ozarbayjon, O`zbekiston va Gruziya qo`shilgan bo`lib, 2022 yil dekabr oyida dunyoda ilk bor Ozarbayjon va O`zbekiston birinchi eTIR tashuvini amalga oshirgan.  

Yig`ilishda Bojxona qo`mitasi Raisi Akmalxo`ja Mavlonov eTIR tashuvlari bo`yicha mintaqaviy o`zaro hamkorlikka xizmat qiluvchi Ekspertlar ishchi guruhini tashkil etish taklifini ilgari surdi.

    Boshqa yangiliklar