"Uzbekistan Airways" OTM, professional va kasb-hunar talabalari uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda, qo`shimcha aviaqatnovlarni joriy etmoqda. Jumladan:
• Toshkent – Buxoro – Toshkent – 23, 25, 26, 29 dekabr;
• Toshkent – Nukus – Toshkent – 23, 24, 29 dekabr;
• Toshkent – Termiz – Toshkent – 23, 25 dekabr;
• Toshkent – Farg`ona – Toshkent – 25 dekabr;
• Toshkent – Urganch – Toshkent – 25, 26, 27, 28, 29 dekabr;
• Toshkent – Qarshi – Toshkent – 27 dekabr;
• Toshkent – Namangan – Toshkent – 29 dekabr kunlari parvoz qiladi.
Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan va veb-saytda parvozlar jadvali bilan tanishish hamda aviachiptalarni xarid qilish mumkin. Talabalar uchun mo`ljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniya agentlariga murojaat qilish va davlat universitetida o`qiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega bo`lish kerak.






