AsosiyDunyo

BMT G`azodagi urushni zudlik bilan to`xtatish bo`yicha hujjatni qabul qildi, O`zbekiston ham rezolyusiyani qo`llab-quvvatladi

'BMT G`azodagi urushni zudlik bilan to`xtatish bo`yicha hujjatni qabul qildi, O`zbekiston ham rezolyusiyani qo`llab-quvvatladi'ning rasmi

Bosh Assambleyadagi bu ovoz berish Qo`shma Shtatlar o`tgan hafta Xavfsizlik Kengashida Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan ilgari surilgan o`t ochishni to`xtatish rezolyusiyasiga to`sqinlik qilib, veto qo`yganidan keyin bo`lib o`tdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Xavfsizlik Kengashidan farqli o`laroq, hech bir davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha a`zolarini(jami 193 mamlakat) o`z ichiga olgan Bosh Assambleyada veto huquqiga ega emas.  Shuningdek, Xavfsizlik Kengashidan farqli o`laroq, Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan rezolyusiyalar majburiy emas va xalqaro huquq kuchiga ega emas.  Shunga qaramay, u xalqaro munosabatlarda ma`lum bir siyosiy vaznga ega.

Mazkur rezolyusiya Misr tomonidan ishlab chiqilgan va 100 ga yaqin davlatlar tomonidan ilgari surilgan.  Bu zudlik bilan o`t ochishni to`xtatishga chaqiruvchi qisqa va sodda rezolyusiya. 

Ovoz berishdan oldin AQSh va Avstriya rezolyusiyaga HAMASning 7 oktyabrdagi teraktlarini ochiqdan-ochiq qoralovchi tuzatishlar kiritishga harakat qilishdi. Ular ushbu tuzatishlar rezolyusiya matniga kiritilishi uchun zarur bo`lgan ko`pchilik ovoziga erisha olmadi.

Shundan so`ng Bosh Assambleya zudlik bilan o`t ochishni to`xtatishga chaqiruvchi Misrning dastlabki rezolyusiyasiga ovoz berdi.  Qaror ko`pchilik ovoz bilan ma`qullandi: 153 davlat yoqladi, 10 davlat qarshi, 23 davlat betaraf.

    Boshqa yangiliklar