AsosiyJamiyat

Adliya vaziri o`rinbosari USAIDning O`zbekistondagi missiyasining yangi tayinlangan direktori bilan uchrashdi

'Adliya vaziri o`rinbosari USAIDning O`zbekistondagi missiyasining yangi tayinlangan direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

Adliya vaziri o`rinbosari Muzraf Ikramov bilan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O`zbekistondagi missiyasining yangi tayinlangan direktori Devid Xofman o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar qildi.

Uchrashuv boshida M. Ikramov Devid Xofmanni tayinlov bilan tabriklab, O`zbekistondagi missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. 

USAID missiyasining yangi rahbari tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar natijasida katta o`zgarishlar yuz berayotganligini, Adliya vazirligi ham amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib, ularni huquqiy ta`minlab borayotganligini ta`kidladi.

Uchrashuv davomida M. Ikramov mexmonni vazirlik tizimi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo`nalishlari bilan, shuningdek huquqiy sohada so`nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, USAID bilan adliya va huquq sohasida o`zaro manfaatli hamkorlik yo`lga qo`yilganligi, xususan, hamkorlikda “Huquqiy islohotlar” dasturi samarali amalga oshirilib kelinayotganligi to`g`risida to`xtalib o`tildi.

Do`stona va konstruktiv ruhda o`tgan uchrashuvda tomonlar adliya va huquq sohasining boshqa yo`nalishlarida ham hamqorlikni kuchaytirishga, jumladan, mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish loyihasini samarli amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta`kidladilar.

 

    Boshqa yangiliklar