AsosiyJamiyat

"Avtomobil arzon, lekin unga xizmat ko`rsatish qimmat bo`lishi kerak"

'"Avtomobil arzon, lekin unga xizmat ko`rsatish qimmat bo`lishi kerak"'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o`rinbosari Alisher Qodirov O`zbekistonda tirbandliklarning oldini olish uchun xususiy transport vositalar maqomini hal qilish kerakligi haqida gapirdi.  

"Yo`llardagi tirbandlikni bartaraf etish, atmosfera havosi ifloslanishini oldini olish, ekologiyani asrash usun jamoat transportidan foydalanishni qulay, tartibli va arzon qilib, xususiy transportlarga ayrim xizmatlarni qimmatroq qilish kerak", - deydi "Milliy tiklanish" partiyasi etakchisi.

Shuningdek, Alisher Qodirov bu boradagi chet el tajribasini ham eslatib o`tdi.  

"Xitoyda avtomashinani sotib olish qiyin emas, chunki narxni o`zi belgilab ololmaydi. Jahon savdo tashkiloti talablari bor. Lekin avtomobildan foydalanish va unga xizmat ko`rsatish juda ham qimmat. Bunda "parkovka", pullik yo`llar, soliqlar orqali avtomobildan foydalanishni qimmat qilib qo`ygan. Singapurda ham shunday",–deydi deputat.  

Uning fikricha, Transport vazirligi jamoat transportini qulay, arzon, tartibli qilish bilan birgalikda xususiy transport jozibadorligi masalasida jiddiy takliflar ishlab chiqishi kerak.  

 

    Boshqa yangiliklar