AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchini tok urib vafot etgan maktabning "zamdirektori" qamoqqa olindi

'Toshkentda o`quvchini tok urib vafot etgan maktabning "zamdirektori" qamoqqa olindi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumanidagi 99-sonli umumta`lim maktabi 8-sinf o`quvchisini tok urib vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur ish bo`yicha maktabning xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari qo`lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Darakchi.uz‘ga ma`lumot berdi.

Direktor o`rinbosariga nisbatan JKning 207-moddasi 3-qismi "a" bandi va boshqa moddalari bilan ayblov e`lon qilinib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar