13 dekabr kuni Ozarbayjon va Armaniston ikki davlat chegarasida harbiy asirlarni almashishdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Uzoq davom etgan mojarolardan so`ng, bir necha kun avval ikki taraf asirlarni almashish va o`zaro aloqalarni normallashtirishga kelishib olgan edi.
Chorshanba kuni Ozarbayjon 2020 yil oxirlarida asirga olingan 32 nafar Armaniston fuqarolarini ozod qildi. Buning evaziga esa - kelishuvga asosan, Armaniston 2023 yil aprelidan beri ushlab turilgan ikki Ozarbayjon askarini topshirgan. Bu haqda Ozarbayjon harbiy asirlar bo`yicha davlat komissiyasi xabar bermoqda.
“Almashtirish Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Gazax qismida bo`lib o`tdi”,-deyiladi bayonotda.






