2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonga joriy yilning 11 oyida tijorat maqsadida eng ko`p – Turkmaniston (39 342 nafar), Tojikiston (13 474 nafar), Turkiya (947 nafar), Xitoy (916 nafar) va Janubiy Koreya (563 nafar) davlatlari fuqarolari kelgan.
Shuningdek, boshqa davlatlardan 5 824 nafar fuqarolar tashrif buyurgan.
Ma`lumot uchun, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonga jami 5,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.






